Turkiyalik harbiy Gretsiyaga qochib, siyosiy boshpana so‘radi

  • 14 avgust 2019, 10:42
  • 624
  • Dunyo
  • Turkiyalik harbiy Gretsiyaga qochib, siyosiy boshpana so‘radi
    Foto: Global Look Press
    Turkiya Harbiy havo kuchlari ofitseri Turkiyadan Gretsiyaga qochib chiqib, siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqda Gretsiyaning New Post portali ma’lum qildi.

    «TASS»ning yozishicha, u Gretsiyaning Kalimnos orolidagi politsiya idorasida ushlab turilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ofitser bu orolga «Erdo‘g‘on hukumatidan yashirinish» uchun kelgan. Gretsiya mutasaddilaridan buni tasdiqlovchi hech qanday rasmiy ma’lumot kelib tushmagan.

    Qayd etilishicha, 2016 yilning iyulida Gretsiyaga 8 nafar grek harbiyi vertolyotda qochib kelgan. Turkiya tomonning ta’kidlashicha, ular o‘sha yilning 15 iyulida muvaffaqiyatsiz yakunlangan davlat to‘ntarishida ishtirok etgan.

    Turkiya ularni jinoyat kodeksining 6-moddasi, shu jumladan, mamlakat prezidentiga suiqasd qilish, hukumat, parlament, konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga urinishda ayblagan. Anqara ularni ekstraditsiya qilish uchun 3 marta so‘rov yuborgan, lekin Gretsiya bularning barchasini rad etgan.

    » » Turkiyalik harbiy Gretsiyaga qochib, siyosiy boshpana so‘radi