AQShda samolyotlarga MacBook Pro noutbuklarini olib chiqish taqiqlandi

  • 14 avgust 2019, 11:30
  • 363
  • Dunyo
  • AQShda samolyotlarga MacBook Pro noutbuklarini olib chiqish taqiqlandi
    AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) aviakompaniyalarga samolyotlar bortiga Apple kompaniyasining 2015-2017 yillarda ishlab chiqarilgan MacBook Pro noutbuklarini olib chiqishni taqiqladi.

    Ushbu qaror Apple Inc's ekrani diagonali 15 dyuymli MacBook Pro noutbuklarining ba’zi modellari batareyalari qizib ketishi va bu alangalanishga olib kelishi mumkinligi sababli qaytarilib olishini xabar qilgandan keyin qabul qilingan.

    “FAA’ga ba’zi Apple MacBook Pro noutbuklarida qo‘llangan batareyalar qaytarib olingani ma’lum. Aviakompaniyalar bu haqda ogohlantirilgan”, deb aytgan FAA vakili.

    » » AQShda samolyotlarga MacBook Pro noutbuklarini olib chiqish taqiqlandi