11:55 / 14.08.2019
2 518

Sud Poroshenkoni «yolg‘on detektori»da so‘roq qilishga ruxsat berdi

Sud Poroshenkoni «yolg‘on detektori»da so‘roq qilishga ruxsat berdi
Foto: Unian
Ukraina davlat tergov byurosi tergovchilari suddan mamlakatning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoni «yolg‘on detektori» yordamida so‘roq qilish ruxsatini oldi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

«Sudning qarori borligiga qaramay, so‘roqni o‘tkazish uchun Poroshenkoning o‘zidan ham ruxsat olish kerak. Shuningdek, poligrafdan foydalangan holda so‘roq faqat tergovchining xonasida, sud jarayonigacha bo‘lgan maxfiylikka rioya qilinib o‘tkaziladi», — deydi byuro matbuot kotibi Anjelika Ivanova.

12 avgust kuni Poroshekni «Pryamoy» telekanalini xarid qilishda soliqlardan qochganlik ishi bo‘yicha so‘roq qilingan edi. Sobiq prezident tergovchilarning savoliga salkam 2 soat davomida javob bergan. Suhbatdan so‘ng, idora rahbari Roman Truba keyingi so‘roqlar vaqtida poligrafdan foydalanilishi mumkinligini bildirgan. O‘z navbatida Poroshenko byuroga va tergovning xolisligiga ishonmasligini ma’lum qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sud Poroshenkoni «yolg‘on detektori»da so‘roq qilishga ruxsat berdi