17:50 / 14.08.2019
3 693

Atambayevni taslim bo‘lishga ko‘ndirgan Qirg‘iziston IIVining o‘rinbosariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Atambayevni taslim bo‘lishga ko‘ndirgan Qirg‘iziston IIVining o‘rinbosariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Qirg‘iziston ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari, general mayor Kursan Asanovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda mamlakat bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

«Asanov joriy yil 7—8 avgust kunlardagi harakatlari bilan ichki ishlar vazirining talab va ko‘rsatmalarini bir necha marotaba inkor qilgan. Shuningdek, u bilan kelishmay o‘zboshimchalik bilan qaror qabul qilgan, IIB shaxsiy tarkibini rahbarsiz va xavf ostida qoldirgan», — deyiladi prokuratura xabarida.

Jinoiy ish «Mansab vakolatini suiste’mol qilish» moddasi bilan qo‘zg‘atilgan. Oldinroq Asanov «sotqinligi va ishonchni yo‘qotganligi uchun» ishdan olingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atambayevni taslim bo‘lishga ko‘ndirgan Qirg‘iziston IIVining o‘rinbosariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi