3 621
Moskva oblastida bortida 226 kishi bo‘lgan samolyot qattiq qo‘nishni amalga oshirdi (foto, video)
«Uralskiye avialinii» aviakompaniyasining Airbus A-321 yo‘lovchi samolyoti Moskva oblastidagi Jukovskiy aeroportiga qattiq qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda TASS aviakompaniya bosh direktori Sergey Skuratovga asosan xabar qilmoqda.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqa bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, layner bortida 226 kishi bo‘lgan, ulardan 6 nafari voyaga yetmagan shaxslar. «Samolyotdan barcha odamlar evakuatsiya qilindi. Hech qanday buzilish yuz bermagan, yonilg‘i sizib chiqishi holati yo‘q. Halok bo‘lganlar yo‘q», - deyiladi xabarda.
Foto: TASS
Foto: e1.ru
Foto: artemiyplk / Twitter
Mash Telegram-kanali xabariga ko‘ra, samolyotda bo‘lgan 23 kishi jarohat olgan. Laynerning har ikki dvigateliga qushlar kirib ketgan, deya ma’lum qilgan aviakompaniya.
TASS agentligining favqulodda vaziyatlar xizmatidagi manbasi xabar berishicha, uchuvchi samolyotni aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan taxminan 3-5 km masofada «qorniga» qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.
Rosaviatsiyadan RBK’ga ma’lum qilishlaricha, samolyot baliqchi qushlar galasi bilan to‘qnashgandan so‘ng, uchish-qo‘nish yo‘lagidan bir kilometr masofada bo‘lgan makkajo‘xori maydoniga qo‘ngan. Xabar berilishicha, jarohat olganlarning bari shifoxonaga yuborilgan.
Favqulodda qo‘nish haqida birinchi bo‘lib «Interfaks» manbaga tayangan holda xabar berdi. Layner Simferopolga parvoz qilayotgan bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi