06:30 / 16.08.2019
3 219

Dunyoning eng boy 10 kishisi bir kun ichida 18 mlrd dollar yo‘qotdi

Dunyoning eng boy 10 kishisi bir kun ichida 18 mlrd dollar yo‘qotdi
Dunyoning eng badavlat 10 kishisi 14 avgustda 18 mlrd dollar yo‘qotdi. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.

Bunga esa AQSh fond birjasi qulashi sabab bo‘lgan. Bundan eng ko‘p Forbes milliarderlar ro‘yxati yetakchisi, Amazon asoschisi Jeff Bezos ziyon ko‘rgan. Uning boyligi bir kun ichida 3,5 mlrd dollarga kamaygan.

Yetakchi o‘ntalikda jabr ko‘rmagan yagona kishi milliarder Maykl Blumberg (9-o‘rin) bo‘ldi. Uning boyligi miqdori o‘zgarmagan. Materialda qolgan yetakchilarning yo‘qotishlariga to‘xtalmagan.

Forbes’ning 15 avgustdagi ma’lumotlariga ko‘ra, eng boy kishilarning yetakchi o‘ntaligiga Bezos va Blumbergdan tashqari, Bill Geyts (2-o‘rin), Bernar Arno (3-o‘rin), Uorren Baffett (4-o‘rin), Mark Sukerberg (5-o‘rin) Amansio Ortega (6-o‘rin), Larri Ellison (7-o‘rin), Larri Peyj (8-o‘rin) va Karlos Slim (10-o‘rin) kirgan.

14 avgustda AQSh fond birjalari pasayish bilan yopilgan. Shu kuni Brent markasidagi neft narxi 58,23 dollargacha tushib ketgan.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu holat fond birjasidagi vaziyat, savdo urushlari hamda dunyo iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishi kutilayotgani bilan bog‘langan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng boy 10 kishisi bir kun ichida 18 mlrd dollar yo‘qotdi