08:00 / 16.08.2019
3 073

Qozog‘iston aholisi 18,5 mln kishiga yetdi

Qozog‘iston aholisi 18,5 mln kishiga yetdi
Qozog‘iston aholisi 1 iyulda 18 mln 507,9 ming kishini tashkil etib, 2018 yil 1 iyuliga nisbatan 235,5 ming kishiga yoki 1,3 foizga ko‘paygan. Bu haqda “Kazinform” axborot agentligi xabar berdi.

Shaharlar aholisi 10 mln 816,6 ming kishi yoki umumiy aholining 58,2 foizini, qishloq aholisi 7 mln 726,3 ming kishini (41,8 foiz) tashkil qilgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Qozog‘istonga kelganlar soni 2018 yilning shu davriga nisbatan 11,3 foizga kamaygan, chiqib ketganlar soni 16,9 foizga ko‘paygan. Asosiy migratsiya ayirboshlashuvi MDH davlatlari bilan yuz berib, Hamdo‘stlik davlatlaridan Qozog‘istonga kelganlar ulushi 82 foizni, chiqib ketganlar ulushi 90,6 foizni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston aholisi 18,5 mln kishiga yetdi