08:50 / 16.08.2019
2 546

Ukrainaning eng nufuzli kishilari ro‘yxati e’lon qilindi

Ukrainaning eng nufuzli kishilari ro‘yxati e’lon qilindi
“Novoye vremya” nashri saytida Ukrainaning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxatning yuqori o‘rinlarini amaldagi prezident Vladimir Zelenskiy ma’muriyati a’zolari egallashgan.

Zelenskiyning o‘zi esa ro‘yxatga yetakchilik qilmoqda, 2-o‘rinni uning ofisi rahbari Andrey Bogdan egallagan.
3-, 4- va 5-o‘rinlarni tadbirkorlar – eng boy ukrainalik Rinat Axmetov, “Privat” guruhi egalaridan biri Igor Kolomoyskiy va EastOne Group kompaniyasi egasi Viktor Pinchuk egallagan.

Prezident yordamchisi Sergey Shefir 6-o‘ringa qo‘yilgan, uning ortidan Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov kelmoqda.

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko unga nisbatan ochilgan ko‘plab jinoiy ishlarga qaramay, yetakchi o‘ntalikda qolgan (8-o‘rin).

“Sluga naroda” partiyasi rahbari Dmitriy Razumkov 9-o‘rinni, Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi deputat Viktor Medvedchuk 10-o‘rinni egallagan.
Ro‘yxatning oxirgi o‘rinlarini Rossiya tomonidan Kerch bo‘g‘ozida hibsga olingan 24 ukrainalik dengizchi egallamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainaning eng nufuzli kishilari ro‘yxati e’lon qilindi