12:24 / 16.08.2019
4 556

Qirgʻizistonda Raisa Atamboyevaga nisbatan jinoiy ish ochilmoqda

Qirgʻizistonda Raisa Atamboyevaga nisbatan jinoiy ish ochilmoqda
Qirgʻizistonda sobiq prezident Almazbek Atamboyevning rafiqasi Raisa Atamboyevaga qarshi jinoiy ish ochilmoqda. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu haqda uning oʻzi mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi binosidan xabar bergan. U yerda Almazbek Atamboyevga ehtiyot chorasi qoʻllash masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Uning qoʻshimcha qilishicha, hech qachon siyosat bilan shugʻullanmagan va sudlarga ishi tushmagan.
“Men hattoki qaysi sud qayerda joylashganini ham bilmayman. Uyimdan mahrum boʻlishim mumkin, barcha uylar bizdan tortib olinmoqda”, - deya maʼlum qildi u.

Maʼlumot uchun, Bishkek shahar sudida sobiq prezident Almazbek Atamboyevga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllash masalasi boʻyicha majlis oʻtkazilmaydigan boʻldi. Sudyalar Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi binosida yigʻilish oʻtkazishga qaror qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirgʻizistonda Raisa Atamboyevaga nisbatan jinoiy ish ochilmoqda