14:25 / 16.08.2019
3 106

21-asr qaroqchilari: qaysi mamlakatlarning yonida suzish xavfli?

21-asr qaroqchilari: qaysi mamlakatlarning yonida suzish xavfli?
Foto: «AP Photo»
Rossiyaning dengizchilar kasaba uyushmasi boshlig‘i o‘rinbosari Igor Kovalchuk Nigeriya sohillari, Lotin Amerikasi hududi, Malakka bo‘g‘ozi va Somali yaqinida dengiz qaroqchilari juda ko‘pligini ta’kidladi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.

«Bugungi kunda mahalliy harbiylar va huquq-tartibot organlarining barcha say’-harakatlariga qaramay eng ko‘p hodisa Nigeriyada qayd etilmoqda. Boshqa joylarda dengiz qaroqchilari bu darajada emas, asosan talonchilik bilan cheklanishadi, u yerlarda Nigeriyadagidek odamlarni garovga olishmaydi, kemalarni o‘g‘irlashmaydi», — dedi Kovalchuk.

Jahon dengiz byurosi ma’lum qilishicha, 2018 yilda dengiz qaroqchilari kemalarga 201 marta hujum uyushtirishgan — bu bir yil oldingisiga qaraganda 21 marta ko‘p. Ayniqsa, barcha akvatoriyalar orasida Gvineya bo‘g‘ozi qaroqchilarga to‘lib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 21-asr qaroqchilari: qaysi mamlakatlarning yonida suzish xavfli?