22:30 / 16.08.2019
6 540

AQShda o‘zbeklarga viza berilmayapti. Buning sababi nima?

AQShda o‘zbeklarga viza berilmayapti. Buning sababi nima?
Foto: «Qo‘shni mahalla»
Amerika universitetlariga o‘qishga kirgan o‘zbek talabalariga, AQShda istiqomat qilayotgan o‘zbeklarning qarindoshlariga yaqin kunlardan boshlab viza berish to‘xtatilgan.

GreenCard lotereyasida g‘olib bo‘lgan o‘zbeklarning ko‘pchiligi ham suhbatdan o‘ta olmayapti. Hozirda bu kabi holatlar yuzasidan rasmiy izoh berilmagan. «Qo‘shni mahalla» AQShda nima sababdan o‘zbeklarga viza berilmayotgani sababini aniqlashga urindi.

14 avgust kuni Bruklindagi oziq-ovqat do‘konida o‘tkazilgan reyd natijasida Nyu-York sherifining xodimlari yarim million dollardan ziyod qiymatdagi hujjatsiz tamaki maxsulotlari va spirtli ichimliklarni topgani aytilmoqda.

Alkogolli ichimliklar va sigaret sotishga ruxsati bo‘lmagan oziq-ovqat do‘konida, shuningdek, mineral suvi idishlariga qadoqlangan samogon (qo‘lbola aroq) ham mavjud bo‘lgan. Rasmiylar spirtli mahsulotlar sotuvi uchun soxta litsenziyani ham topgan.

«Eng achinarlisi — tadbir payti do‘konda ishlayotgan 32 yoshli Muhabbat Yejalalova ushbu jinoyatlarda aybdor deb gumonlanib, hibsga olingan», — deyiladi xabarda.

AQSh Davlat Departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-moliya yilida viza olish uchun murojaat qilgan O‘zbekiston fuqarolarining 61,76 foizi rad javobini olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda o‘zbeklarga viza berilmayapti. Buning sababi nima?