3 399
Raisa Atambayeva: "Oila a’zolarimiz va yaqinlarimiz ta’qib qilinmoqda, qiynoqqa solinmoqda" (video)
Qirg‘izistonda sobiq prezident Almazbek Atambayevning rafiqasi Raisa Atambayeva oila a’zolari va yaqinlari ommaviy ta’qib qilinayotganini ma’lum qildi. Sputnik’ning yozishicha, bu haqda u 16 avgust kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosi oldida jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
Raisa Atambayevning so‘zlariga qaraganda, hozirda Atambayevning tarafdorlari, oila a’zolari va yaqin qarindoshlari yoppasiga ta’’ib ostiga olingan. Atambayevning to‘ng‘ich o‘g‘li Seyitbek vahshiylarcha kaltaklangan va uni har kuni so‘roqqa chaqirishadi.
Uning ma’lum qilishicha, «Ala-Archa» davlat qarorgohidagi uy-joy ham muhrlangan. Bundan tashqari, 2002 yilda ochilgan oila hisobi esa hibsga olingan. Atambayeva hozirda ular yashab turgan yagona uyni hukumat olib qo‘yishidan tashvishlanmoqda.
«Hozirgina menga nisbatan Arabayev ishi bo‘yicha jinoiy ish ochishayotganini bildim. Men hech qachon sudyalar ishiga aralashmaganman. Siyosat nopok ish ekanini bilardim va hech qachon unga aralashmaslikka harakat qilardim. Men hatto qaysi sud qayerda joylashgani bilmayman, hech bir sudyani tanimayman», — degan Raisa Atambayeva.
Qirg‘iziston prezidenti apparatining sud islohoti va qonuniyligi bo‘limining sobiq rahbari Manas Arabayev joriy yil yozida qo‘lga olingan. U korrupsiyada ayblanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?