AQShlik milliarder Poroshenko 8 mlrd dollarni mamlakatdan olib chiqib ketganini aytdi

  • 18 avgust 2019, 00:02
  • 1 053
  • Dunyo
  • AQShlik milliarder Poroshenko 8 mlrd dollarni mamlakatdan olib chiqib ketganini aytdi
    Pyotr Poroshenko Ukrainaga prezidentlik qilgan vaqt davomida mamlakatdan 8 mlrd dollarni olib chiqib ketgan. Bu haqda kelib chiqishi ukrainalik bo‘lgan amerikalik milliarder Sem Kislin «Strana» nashriga bergan intervyusida aytdi.

    «Poroshenko prezidentliye vaqtida Ukrainadan kamida 8 mlrd dollar olib chiqib ketgan. Menga ma’lum bo‘lgan birgina fakt bo‘yicha «Sentrenergo» davlat kompaniyasi orqali 700 mlndan 800 mln dollargacha mablag‘ni olib chiqib ketgan», — dedi u.

    Uning aytishicha, bosh prokuror Yuriy Lutsenko ekan, mamlakat sobiq prezidentiga qarshi ish oldinga siljimaydi.

    «Lutsenko «oila»ning o‘z odami. Poroshenko va Lutsenko birgalikda o‘z xalqi uchun emas, cho‘ntaklari uchun ishlagan va juda ko‘p pul o‘g‘irlagan korrupsionerlar», — dedi Kislin.

    Sem Kislin — amerikalik milliarder, Nyu-York meri Rudolf Julianining sobiq maslahatchisi. U AQShga 1970-yillarda ko‘chib kelgan va maishiy texnika savdosi orqali daromadga ega bo‘lgan.

    Poroshenko va uning atrofidagi shaxslarga qarshi hozirda 11ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » AQShlik milliarder Poroshenko 8 mlrd dollarni mamlakatdan olib chiqib ketganini aytdi