07:04 / 18.08.2019
3 410

Atamboyev qudasining uyidan ommaviy tartibsizliklar uyushtirish uchun sarflanadigan xarajatlar ro‘yxati topildi

Atamboyev qudasining uyidan ommaviy tartibsizliklar uyushtirish uchun sarflanadigan xarajatlar ro‘yxati topildi
Qirg‘iziston IIV mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qarindoshlaridan birining uyidan ommaviy tartibsizliklar uyushtirish uchun sarflanadigan xarajatlar ro‘yxatini topdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

"Tintuv davomida kishilar ismlari, aholi maskanlari nomlari hamda 2,225 mln som ($32 ming) va 318 ming dollarlik xarajatlar yozilgan ro‘yxat topildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mablag‘lar mitinglar va ommaviy tartibsizliklar ishtirokchilarini moliyalashtirishga sarflangan", - deyiladi xabarda.

Vazirlikning bildirishicha, mablag‘lar Atamboyevning o‘g‘lining qaynotasi uyida saqlangan. Pul mablag‘larini oladiganlar ro‘yxati ham o‘sha yerdan topilgan.
"Hozirda ro‘yxatlar sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda", - deya qayd etgan IIV.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyev qudasining uyidan ommaviy tartibsizliklar uyushtirish uchun sarflanadigan xarajatlar ro‘yxati topildi