13:13 / 18.08.2019
2 172

Tramp tasodifan o‘z tarafdorini haqoratladi (video)

Tramp tasodifan o‘z tarafdorini haqoratladi (video)
AQSh prezidenti Donald Tramp Manchesterdagi (Nyu-Gempshir shtati) nutqi vaqtida tasodifan o‘z tarafdorini haqorat qildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tadbir davomida Trampga qarshi namoyishchilar paydo bo‘lib, uning nutqiga xalaqit bera boshlashgan. Ularni qo‘riqchilar tashqariga olib chiqayotgan vaqtda, Tramp odamlar orasidagi bir erkakka e’tibor qaratib, “Bu yigitda vazn bilan jiddiy muammolar borakan. Uyingga bor. Sport bilan shug‘ullanishni boshla. Uni bu yerdan olib chiqing, iltimos”, deb aytgan.

Keyinroq Frenk Douson ismli bu erkak Trampni qo‘llab-quvvatlagani va “Tramp-2020” yozuvli futbolkada bo‘lgani aniqlangan. Tramp xatoga yo‘l qo‘yganini bilgach, Dousonga minnatdorlik bildirish uchun qo‘ng‘iroq qilgan, biroq o‘z qilmishi uchun undan kechirim so‘rab o‘tirmagan. Erkakning o‘zi AQSh prezidentidan xafa emasligi va uni yaxshi ko‘rishini, “Tramp – ushbu mamlakat bilan yuz bergan eng yaxshi hodisadir”, deb aytgan.

Foto: REUTERS
Trampning nutqi 2020 yilgi prezidentlik kampaniyasi doirasida o‘tgan. Saylovlar esa 2020 yilning 3 noyabrida bo‘lib o‘tadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp tasodifan o‘z tarafdorini haqoratladi (video)