14:56 / 18.08.2019
3 692

Hashamatli avtomobillar, kurortlar, temir yo‘l: Atamboyevning mol-mulki xatlandi

Hashamatli avtomobillar, kurortlar, temir yo‘l: Atamboyevning mol-mulki xatlandi
Foto: «RIA Novosti»
Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi sobiq prezident Almazbek Atamboyevning xatlanishi kerak bo‘lgan mol-mulki ro‘yxatini e’lon qildi, deb yozadi Daryo nashri Tengrinews'ga tayanib.

Figuranti Atamboyev bo‘lgan jinoyat ishlarini tekshirish doirasida mol-mulk, qimmatbaho qog‘ozlar, aksiyalar, Qirg‘iziston banklaridagi barcha hisobraqamlar xatga olingan. Chunonchi 25 ta bankdagi hisoblar hamda 10 ta bankda bank yacheykalari tarkibi xatlangan.

Almazbek Atamboyevning beshta avtomobili, Chuy va Issiqko‘l viloyatlaridagi yer uchastkalari, Koy-Tash qishlog‘idagi yaylov, salomatlik markazi, turar joy, ko‘p yillik daraxtzorlar, shuningdek, sobiq prezidentning rafiqasiga tegishli mol-mulk: uchta avtomobil, Bishkekdagi kvartira va turar joy xatlangan.

Bundan tashqari, «Qirg‘izavtomash» OAJ mol-mulki bo‘lgan 10 dan ortiq sex, 20 dan ziyod xonadon, noturar binolar, temir yo‘l, do‘konlar, yer uchastkalari, omborxonalar va boshqalar ham xatga olingan.

Shuningdek, «Media Forum» OAJ, «Forum» ilmiy-ishlab chiqarish firmasi, «Aprel-TV»» mol-mulki ham xatlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hashamatli avtomobillar, kurortlar, temir yo‘l: Atamboyevning mol-mulki xatlandi