Kiyev metrosida Zelenskiyning qiyofadoshi topildi

  • 18 avgust 2019, 18:04
  • 1 208
  • Dunyo
  • Kiyev metrosida Zelenskiyning qiyofadoshi topildi
    Foto: «Bigmir.net»
    Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan erkakning metropolitendagi surati tarqaldi, deb yozadi «Daryo.uz» nashri.

    Surat 16 avgust kuni Facebook’da Dmitriy Kovalenko ismli foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan.
    «Mana u haqiqiy xalq prezidenti. Kortejsiz, qo‘riqchilarsiz, hatto velosipedsiz. Oddiy va kamtarona tarzda ishga ketyapti», — deb yozadi u.

    Izohlarda foydalanuvchilar uning haqiqatdan ham Zelenskiyga o‘xshashini yozib qoldirgan. Ayrimlar esa uning aniq Zelenskiy emasligini, chunki uning yonida Bogdan yo‘qligini xazil tariqasida e’tirof etgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Kiyev metrosida Zelenskiyning qiyofadoshi topildi