Peterburgdagi janjalda 3 o‘zbekka quroldan o‘q uzilgan

  • 18 avgust 2019, 18:30
  • 1 135
  • Dunyo
  • Peterburgdagi janjalda 3 o‘zbekka quroldan o‘q uzilgan
    16 avgust kuni Sankt-Peterburg shahrining Frunze tumanidagi bozor yonida sodir bo‘lgan bir guruh shaxslar mushtlashuvi natijasida O‘zbekistonning 3 fuqarosi travmatik quroldan jarohatlangan.

    O‘zbekistonning bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, ulardan biri I.I.Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga joylashtirilgan. Sog‘ligi holati o‘rta darajada og‘ir deb baholanmoqda.

    Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.
    Bosh konsulxona tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Peterburgdagi janjalda 3 o‘zbekka quroldan o‘q uzilgan