Olimlar Afrikadagi sherlar sonini hisoblab chiqishdi

  • 18 avgust 2019, 18:57
  • 1 024
  • Dunyo
  • Olimlar Afrikadagi sherlar sonini hisoblab chiqishdi
    Hozirda afrikada tabiiy yovvoyi tabiat sharoitlarida yashayotgan sherlar soni 22 509 tani tashkil etadi. Oksford universitetining yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tadqiqot bo‘limi o‘tkazgan tadqiqotlar natijasida ana shu xulosaga kelindi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

    Olimlar quyidagi ma’lumotlarni keltirishgan: Malavida tabiiy sharoitlarda yashaydigan bor-yo‘g‘i beshtagina sher qolgan, Angolada – 25ta, Ruandada - 22, Nigeriyada - 30.

    Tabiiy sharoitda eng ko‘p sher yashaydigan mamlakatlar Tanzaniya - 8 176ta sher, JAR - 2 070, Keniya - 1 825, Zambiya - 1 095, Mozambik - 1 295, Zimbabve - 1 709 va Zambiya - 1 095.

    Olimlarning xulosa qilishicha, hozirda sherlar yashaydigan hududlarning 40 foizgacha qismi qo‘riqlanadigan joylarga kiradi. Jonivorlarning 14 foizigina umuman muhofaza qilinmaydigan joylarda yashaydi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Olimlar Afrikadagi sherlar sonini hisoblab chiqishdi