21:40 / 18.08.2019
4 408

AQShda daryoda cho‘milayotgan bolalarga ulkan timsoh yaqin keldi (foto, video)

AQShda daryoda cho‘milayotgan bolalarga ulkan timsoh yaqin keldi (foto, video)
AQShning Ogayo shtatidagi daryoda bolalar cho‘milayotgan vaqtda ulkan timsoh ularga yaqin keldi, deb yozadi Daryo Forum Daily'ga tayanib.

Bantas-Fork daryosida cho‘milayotgan bolalarni daryo uzra o‘tgan ko‘prikdan kuzatayotgan kattalar 7,5 fut (2,3 metr) uzunlikdagi timsohni ko‘rib qolgach, bolalarga qichqirib, suvdan chiqishni buyurgan, so‘ng «topilma» haqida tegishli organlarga xabar bergan.

Ogayo tabiat resurslari departamenti ofitseri keyinroq voqea joyiga kelib, kuzatish uchun mikrochipi yoki implanti bo‘lmagan hayvonni otib tashlagan.

Timsohning og‘irligi 77 kilogrammdan oshgan. Murdasini tekshirish uchun Ogayo qishloq xo‘jaligi departamentiga yetkazilgan.

Опубликовано Rich Denius Среда, 14 августа 2019 г.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda daryoda cho‘milayotgan bolalarga ulkan timsoh yaqin keldi (foto, video)