12:48 / 19.08.2019
2 631

Ilon Maskning Tesla Roadster sportkari Quyosh atrofini aylanib chiqdi

Ilon Maskning Tesla Roadster sportkari Quyosh atrofini aylanib chiqdi
Foto: Newsweek
2018-yilning aprelida Falcon Heavy raketasi orqali kosmosga uchirilgan Tesla Roadster sport avtomobili va uning rulida oʻtirgan Starman manekeni elliptik orbita boʻyicha birinchi bor Quyosh atrofini aylanib chiqdi, deb xabar beradi Daryo nashri.

Tesla Roadster shunchaki SpaceX raketa tashuvchisining imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida koinotga uchirilgan edi. Elektromobil Falcon Heavyʻning ikkinchi suyri qismiga oʻrnatilgan. Manekenga skafandr kiydirilib, haydovchining joyiga oʻrnatilgan va 6-fevral kuni Yer orbitasiga chiqarilgan.

Shundan buyon Roadster soatiga 42 ming kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Quyosh atrofida aylanib chiqqan mashina Marsga yaqinlashmoqda.

Foto: Newsweek

Oktyabr oyida elektromobil “Qizil sayyora”ga 7,5 million kilometr masofada yaqinlashgan edi. Sportkar oʻz missiyasini, yaʼni Falcon Heavy foydali yukni kosmosga uchira olishini isbotlab berganiga qaramay, u yana uzoq yillar koinotga sayohat qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Maskning Tesla Roadster sportkari Quyosh atrofini aylanib chiqdi