16:10 / 19.08.2019
2 837

Rossiyada maktab portfeli «taroziga qo‘yildi»

Rossiyada maktab portfeli «taroziga qo‘yildi»
Foto: «Rosbalt»
Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida Rospotrebnadzor boshlang‘ich sinf o‘quvchilari sumkasining og‘irligi (ichidagi o‘quv qurollari bilan birga) qancha bo‘lishi kerakligi haqida tavsiyalarini chiqardi.
Demak, idora hisoblashicha, birinchi va ikkinchi sinflar o‘quvchilarining portfeli 1,7 kilodan oshmasligi lozim. Uchinchi va to‘rtinchi sinflar uchun «norma» — 2,2 kilogramm.

Rus mutaxassislari aynan shuncha «yuk» bolalar salomatligi uchun xavf solmaydi, degan fikrda.
Portfelning og‘irligi yuqori sinfga qarab oshib ketaveradi: 5-6-sinflar — 2,5 kg., 7-8- sinflar — 3,5 kg., 9—11-sinflar — 4 kilogramgacha.

Portfel sotib olishda uning yengilligiga e’tibor qarating, deyiladi tavsiyada, boshlang‘ich sinf o‘quvchining sumkasi 700 gramm, o‘rta sinfdagilarniki esa bir kilogramdan oshmasligi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada maktab portfeli «taroziga qo‘yildi»