11:37 / 20.08.2019
3 306

Isroil bosh vaziri rafiqasini Ukraina dushmanlari qatoriga qo‘shish talab qilindi

Isroil bosh vaziri rafiqasini Ukraina dushmanlari qatoriga qo‘shish talab qilindi
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning rafiqasi Sara Netanyaxu Ukrainada unga tortiq qilingan non bo‘lagini yerga tashlab ukrainaliklar g‘azabini keltirdi. Ayol ushbu qilmishi uchun ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan.

19 avgustda Sara Netanyaxu turmush o‘rtog‘i Benyamin Netanyaxu bilan Ukrainaga rasmiy tashrif bilan kelganda ularga aeroportda karavay noni tortiq qilingan. Bosh vazir nondan bir burda ushatib ta’tib ko‘rgan hamda bir burdasini rafiqasiga bergan. Ayol nonni olib yerga tashlab yuborgan.

Shu kun bundan avvalroq ayol yana bir mojaro markazida qolgandi: unga Ukrainaga safar vaqtida ekipaj sardori uni bortda yaxshi kutib olmagani yoqmagan va u samolyotda “orani ochiq qilib olmoqchi” bo‘lgan.

Facebook’ning ukrainalik foydalanuvchilaridan biri Isroil bosh vaziri rafiqasini yuqoridagi xatti-harakati uchun tanqid qilib, u bu bilan mamlakatga bo‘lgan haqiqiy munosabatini ko‘rsatganini aytgan. Yana bir foydalanuvchi «Yaxshi ham yuziga tupurmadi» deya kinoya qilgan. Aksariyat foydalanuvchilar Kiyev bu voqeaga munosabat bildirishi kerak degan fikrga kelishgan.

"Men Ukraina rasmiylari, diplomatlar va boshqalarning bunga qanday munosabatda bo‘lganlari bilan qiziqayapman. Ular uzr so‘rashni talab qilishadimi yoki odatdagidek ko‘zlarini yumib ketishadimi? Bu yuzga tupurishdir”, deb yozgan yana bir foydalanuvchi.

Boshqa bir foydalanuvchi Sara Netanyaxuni “Mirotvorets” ro‘yxatiga kiritishni taklif qilgan.
Bir foydalanuvchi yanada keskinroq fikr bildirib, “agar uning rafiqasi bunday qilganda bu uning oxirgi kuni bo‘lishini” aytgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil bosh vaziri rafiqasini Ukraina dushmanlari qatoriga qo‘shish talab qilindi