16:00 / 20.08.2019
2 988

Tojikistonda endi olma va uzum bayrami nishonlanadi

Tojikistonda endi olma va uzum bayrami nishonlanadi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Uzum bayrami va Olma bayramini e’lon qilish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Unga muvofiq, Uzum bayrami har yili avgust oyining uchinchi shanba kuni, Olma bayrami sentyabr oyining uchinchi shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

«Vazirliklar, idoralar, Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati davlat hokimiyati ijroiya organlari, viloyatlar, Dushanbe shahri, shahar va tumanlar ushbu bayramlar bilan bog‘liq tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlasin», — deyiladi xabarda.

Bundan oldin Tojikistonning turli shahar va tumanlarida qovun va asal bayramlari o‘tkazilgan. Tojikiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Dushanbe shahar hokimligi bilan birgalikda joriy yil birinchi marta 25 avgust kuni «Mehrgon» savdo markazida Qovoq bayramini o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda endi olma va uzum bayrami nishonlanadi