07:17 / 21.08.2019
4 332

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik politsiyachi o‘g‘irlikda ayblanmoqda

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik politsiyachi o‘g‘irlikda ayblanmoqda
Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik politsiyachi Sadoqat Maqsudova qimmatbaho kiyimlarning pulini to‘lamasdan do‘kondan chiqib ketayotganida qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Daryo.

Qayd etilishicha, 24 yoshli politsiya xizmatchisi Sadoqat Maqsudova 15 avgust kuni Staten Island savdo majmuasidan 300 dollarlik kiyim-kechakning pulini bermasdan chiqib ketayotganida ushlangan.

Xabarda Maqsudova mayda o‘g‘irlikda ayblanib, xizmatidan vaqtincha chetlatilgani yozilgan. Sadoqat Maqsudovaning o‘zi esa o‘g‘irlik qilganini rad qilmoqda.

«Men bunga izoh berolmayman. Bu Nyu-York politsiya departamenti ichidagi narsa. Biz hali sudlashamiz. Lekin men ishdan haydalganim yo‘q, ishlayapman», — degan u.

Eslatib o‘tamiz, asli buxorolik bo‘lgan Sadoqat Maqsudova Nyu-Yorkka oilasi bilan 2009 yilda ko‘chib kelgan. U bir yarim yillik kadetlik kursidan so‘ng yaqinda Nyu-York politsiya akademiyasiga kirdi va olti oylik kursni bitirib, politsiya xizmatiga ishga qabul qilindi. U xizmatni o‘zbeklar ko‘p istiqomat qiladigan Bruklin tumanida o‘tamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik politsiyachi o‘g‘irlikda ayblanmoqda