11:50 / 21.08.2019
2 552

Pekinda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto)

Pekinda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto)
Pekinda O‘zbekiston mustaqilligining 28 yillik bayrami va mamlakatning Xitoydagi elchixonasi yangi binosining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali qabul marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, 500 nafarga yaqin mahalliy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar soha, Pekinda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Van I O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi yangi binosi ikki xalqning mustahkamlanib borayotgan do‘stligi ramziga aylanishiga ishonch bildirdi.

Tadbirda o‘zbek san’ati namoyandalarining chiqishlari tashkil etildi, xalq amaliy san’ati namunalari namoyish etildi. Mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari tortildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pekinda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto)