18:10 / 21.08.2019
3 434

Batukayev ishi boʻyicha qoʻlga olingan Qirgʻiziston sobiq prokurori ogʻir ahvolda kasalxonaga tushdi

Batukayev ishi boʻyicha qoʻlga olingan Qirgʻiziston sobiq prokurori ogʻir ahvolda kasalxonaga tushdi
Qirgʻizistonning sobiq bosh prokurori Aida Salyanova ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Salyanovaning singlisi Chinara Turdaliyevaga asoslanib Kun.uz sayti yozmoqda. Sobiq bosh prokurorga yurak mushaklari yalligʻlanishi tashxizi qoʻyilgan.

Salyanova hozirda Bishkekdagi Qirgʻiziston milliy kardiologiya markazida saqlanmoqda. Salyanova xorijda operatsiya oʻtkazishga muhtoj boʻlishi mumkin, ammo buni sud hal qiladi, deb yozadi manba.

Salyanova 3-iyun kuni qirgʻizistonlik kriminal Aziz Batukayevni qamoqdan ozod qilish ishi boʻyicha qoʻlga olingandi. Batukayevning ozod qilinishi bilan bogʻliq ishda aybli deb gumonlangan koʻplab sobiq hukumat vakillari, jumladan sobiq prezident Almazbek Atambayev ham qoʻlga olingan.

5-iyun quni sud Salyanovani uy qamogʻiga hukm qilgan. Advokat esa sobiq bosh prokuror 4 yoshli qizining qarovchisi boʻlgani uchun jazoni yengillatishni soʻragan. Aynan qizining qarovchisi boʻlgani uchun Salyanovaning 5 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi uy qamogʻi bilan oʻzgartirilgan. 15-30-iyungacha kardiologiya markazida davolangan sobiq bosh prokuror unda yurak yetishmovchiligi aniqlangani haqida aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Batukayev ishi boʻyicha qoʻlga olingan Qirgʻiziston sobiq prokurori ogʻir ahvolda kasalxonaga tushdi