12:20 / 23.08.2019
4 251

Maykl Jeksonning yashirin vasiyatnomasi borligi ma’lum qilindi

Maykl Jeksonning yashirin vasiyatnomasi borligi ma’lum qilindi
Foto: AFP
Afsonaviy qo‘shiqchi Maykl Jekson o‘limidan bir necha yil oldin kuchga kirmay qolib ketgan yashirin vasiyatnoma tuzgan. Bu haqda artistning sobiq agenti Reymon Beyn ma’lum qildi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Ayolning aytishicha, hujjat 2006 yilda tuzilgan va 2002 yilda tuzilgan hozirgi vasiyatnoma o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan. Jekson unda o‘z merosini qanday saqlab qolishi haqidagi fikrini batafsil bayon qilgan. Beynning aytishicha, u hujjat notariusda tasdiqlangani vaqtida guvoh bo‘lgan va hattoki uning mazmunini eshitgan.

Biroq yashirin vasiyatnoma qayerdaligi haqida hech narsa ma’lum emas. “Maykl Jeksonning 2006 yil 6 oktyabrdagi vasiyatnomasi topilishi, aniqlanishi, osmondan tushishini istaganman, umid qilganman va iltijo qilganman”, deb aytgan ayol.

2009 yilda Jeksonning akasi Rendi Jekson qo‘shiqchining o‘limidan keyin kuchga kirgan 2002 yilgi vasiyatnomasi qonuniy deb hisoblana olmasligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, sud tomonidan ko‘rilgan hujjat 2002 yil 7 iyulda Los-Anjelesda qo‘shiqchi boshqa shaharda bo‘lganda imzolangan.

Vasiyatnomaga ko‘ra, Jekson davlatining 40 foizi onasi Ketringa, yana 40 foizi 3 farzandiga meros bo‘lib qolgan. Qolgan 20 foizi esa xayriya tashkilotlari hisobrqamlariga o‘tkazib berilgan. Hujjat tuzilganda qo‘shiqchining boylgi 500 mln dollarga baholangan.

Maykl Jekson 2009 yil 25 iyunda Los-Anjelesda hayotdan ko‘z yumgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maykl Jeksonning yashirin vasiyatnomasi borligi ma’lum qilindi