12:43 / 23.08.2019
3 688

“Atambayev ishi”da yuqori martabali yangi ayblanuvchi paydo boʻldi

“Atambayev ishi”da yuqori martabali yangi ayblanuvchi paydo boʻldi
Foto: Sputnik
Qirgʻiziston Joʻqorgʻi Kengesi deputati Irina Karamushkina mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning qarorgohida asirlarni qoʻlga olishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deb xabar beradi Sputnik.

Irina Karamushkina Qirgʻiziston Jinoyat kodeksining 244-moddasi (“Ommaviy tartibsizliklar tashkilotchisi”) bilan gumonlanayotgani haqida rasmiy ogohlantirish xatini olgan.

“Men xuddiki pul tarqatib xalqni xodimlarni kaltaklashga ataydan tayyorlagan va bunga buyruq bergan, shu orqali Joʻqorgʻi Kengesdagi qasamimni buzgan ekanman… Mana sizlarga ajoyib hokimiyat!”, — deb yozadi deputat oʻzining Facebookʻdagi sahifasiga.

Eslatib oʻtamiz, 7-avgust kuni Qoʻy-Tosh qishlogʻida Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qoʻlga olishga uringan, biroq hujum Atambayevning tarafdorlari tomonidan qaytarilgan edi.

8-avgust kuni huquq-tartibot idoralari qaytadan hujum uyushtirganidan soʻng, siyosatchi taslim boʻlgandi. Keyinroq esa Atambayevning tarafdorlarini quvib yuborish boʻyicha ishlar boshlangan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ikki tomonning toʻqnashuvi oqibatida 139 kishi jarohat olgan, bir nafar maxsus xizmat xodimi halok boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Atambayev ishi”da yuqori martabali yangi ayblanuvchi paydo boʻldi