19:48 / 23.08.2019
4 237

Nazarboyevning qizi 63 mln dollarga Shveysariyadan qal’a sotib oldi

Nazarboyevning qizi 63 mln dollarga Shveysariyadan qal’a sotib oldi
Foto: RFE/RL
Nursulton Nazarboyevning o‘rtancha qizi Shveysariyadagi «Belriv» (Château de Bellerive) qal’asini 63 mln dollarga sotib oldi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Qal’a Jeneva yaqinida joylashgan va Shveysariyaning milliy meroslari ro‘yxatiga kiritilgan. Nashrning yozishicha, Dinara Kulibayeva uni 62 million frankka (63 mln dollarga yaqin) sotib olgan.

Bilan nashrining xabar berishicha, «Belriv» 1997 yilda shahzoda Sadriddin Og‘a Xon tomonidan aka-uka Syorsoklarga sovg‘a qilingan. Shahzoda Sadriddin 2003 yilda 70 yoshida vafot etgan bo‘lib, ikki marta uylangan, lekin farzand ko‘rmagan.

Syorsoklar 28,7 ming kvadrat metr maydonda joylashgan qal’ani uch yil avval 120 mln frankka sotuvga qo‘yishgan.

Qal’a bir necha kun oldin Dinara Kulibayeva tomonidan 62 mln frankka sotib olingan. Jurnalning yozishicha, Nazarboyevning qizi 2009 yilda Jenevadan 75 mln dollarga ko‘chmas mulk sotib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyevning qizi 63 mln dollarga Shveysariyadan qal’a sotib oldi