23:15 / 23.08.2019
2 924

Tramp Amerika kompaniyalariga Xitoy o‘rniga boshqa bozor topishni buyurdi

Tramp Amerika kompaniyalariga Xitoy o‘rniga boshqa bozor topishni buyurdi
Foto: REUTERS / Kevin Lamarque
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning yangi bojlariga nisbatan yangi javob choralarini e’lon qilishini bildirdi.

"Bizning mamlakatimiz ahmoqona tarzda ko‘p yillar davomida Xitoy bilan trillionlab dollarlarni yo‘qotdi. Ular yiliga yuz milliardlab dollarlik intellektual mulkimizni o‘g‘irlashdi va buni davom ettirishni xohlashmoqda. Bunga yo‘l qo‘ymayman! Bizga Xitoy kerak emas va rostini aytsam, ularsiz ancha yaxshi bo‘ladi", - deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

U "Amerikaning buyuk kompaniyalariga Xitoy o‘rniga zudlik bilan boshqa bozor topish buyurilganini" aytdi va ularni barcha ishlab chiqarishlarni AQShga ko‘chirishga chaqirdi.

Tramp shuningdek, "barcha tashuvchilarga, xususan FedEx, Amazon, UPS i USPS" kompaniyalarini Xitoyga fentanil yetkazib berishni rad etishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Amerika kompaniyalariga Xitoy o‘rniga boshqa bozor topishni buyurdi