Sakkiz yoshli bola otasining mashinasini haydab chiqib, tezlikni 180 ga chiqardi

  • 24 avgust 2019, 12:15
  • 1 892
  • Dunyo
  • Sakkiz yoshli bola otasining mashinasini haydab chiqib, tezlikni 180 ga chiqardi
    Foto: «Fotolia»
    «RIA Novosti» yozishicha, Germaniyada sakkiz yashar bola bir haftaning o‘zida ikkinchi marta otasining mashinasini o‘g‘rincha haydab chiqdi va Dortmund politsiyasi xabariga ko‘ra, YTHga uchradi.

    Zoyest shahrida yashovchi bola yarim tunda avtomat korobkali «Volkswagen Golf» kalitini o‘g‘irlab chiqib, mashinani to‘ppa-to‘g‘ri Dortmunga qarab haydagan. Katta tezlikda ketayotgan, yo‘l belgilari va svetoforning qizil chirog‘iga rioya qilmayotgan mashina boshqa haydovchilarning e’tiborini tortmay qolmadi.

    Politsiyachilar mashinani qidirish bilan halak bir paytda mashina juda katta tezlikda (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 180 km/soat!) avtomagistralda ketayotgan bo‘lgan. Keyin u avtobandan chiqib, to‘xtab turgan yuk mashinasi pritsepiga borib urilgan. Mashinaga jiddiy shikast yetdi, bola esa omon qoldi.

    Xuddi shu bolakay 21 avgust kuni ham otasining mashinasini o‘g‘irlab chiqqandi. Tezlik soatiga 140 kilometrga chiqqanidan so‘ng boshqaruvni eplay olmasligiga ko‘zi yetib, mashinani to‘xtagandi. O‘shanda avariya ham sodir bo‘lmagan, hech kim, hech narsa zarar ko‘rmagandi. Politsiyachilar bolani uyiga olib kelib, og‘zaki ogohlantirish berib ketishgandi.

    Onasining aytishicha, bola kartingga tez-tez borib turarkan, qolaversa, maxsus maydonda haqiqiy mashinani ham haydashni o‘rgangan.

    Qiziq fakt: Germaniya — avtomagistrallarda maksimal tezlik cheklanmagan Yevropadagi yagona mamlakat.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sakkiz yoshli bola otasining mashinasini haydab chiqib, tezlikni 180 ga chiqardi