15:01 / 24.08.2019
2 951

Ramzan Qodirov Checheniston xalqidan o‘lganidan so‘ng o‘ziga atab ixcham masjid qurishlarini iltimos qildi

Ramzan Qodirov Checheniston xalqidan o‘lganidan so‘ng o‘ziga atab ixcham masjid qurishlarini iltimos qildi
Foto: «RIA Novosti»
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Yevropadagi eng katta masjidning ochilishidan so‘ng, xalqidan o‘zining nomi bilan ataluvchi ixcham masjid qurishlarini iltimos qildi, deb xabar beradi «Daryo».

23 avgust kuni Chechenistonning Shali shahrida Yevropadagi eng katta masjid ochildi. Masjid «Musulmonlarning g‘ururi» deb ataldi. Avvaliga masjid shahar ahlosining qaroriga ko‘ra, Ramzan Qodirov nomi bilan atalashi lozim edi, biroq ochilish marosimida Qodirov kutilmaganda masjid Muhammad s.a.v. nomi bilan atalishini ma’lum qildi.

«Ushbu masjidni qurishni boshlaganimizda olimlarimiz, do‘stlarimiz, yaqinlarimiz murojaat qilib, uni mening nomim bilan atashmoqchi ekanliklarini bildirdi. Avvaliga men rozi bo‘ldim, biroq ko‘nglimda qurilish tugaganidan keyin uni payg‘ambarimiz nomi bilan atash niyati bor edi. Sevimli xalqimdan bir narsani so‘rayman, Allohning inoyati bilan bir kun olamdan o‘tsam, yig‘ilib, mening nomim bilan ataluvchi kichik bir masjid quringizlar. Bu men uchun juda katta sovg‘a bo‘ladi», — deydi Ramzan Qodirov.

Checheniston rahbari qurilish ishlari yakunlanmay qolishidan qo‘rqib, masjid nomini so‘nggi daqiqalargacha sir saqlaganini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Checheniston xalqidan o‘lganidan so‘ng o‘ziga atab ixcham masjid qurishlarini iltimos qildi