16:53 / 24.08.2019
4 344

Forbes eng ko‘p haq to‘lanuvchi aktrisalar reytingini e’lon qildi

Forbes eng ko‘p haq to‘lanuvchi aktrisalar reytingini e’lon qildi
Foto: L’officiel
Amerikalik aktrisa Skarlett Yoxansson Forbes jurnaliga ko‘ra eng ko‘p haq to‘lanuvchi aktrisalar reytingida birinchi o‘rinni oldi. «RIA Novosti»ning yozishicha, u 1 yil davomida 56 million dollar ishlab topgan.

Yoxansson o‘tgan yili ham reytingning birinchi pog‘onasini egallagan. U 2017 yilning iyunidan 2018 yilning iyunigacha 40,5 million dollar daromad olgan.

Forbes’da qayd etilishicha, Yoxansson uchun eng ko‘p daromad keltirgan rol «Qasoskorlar» filmi turkumidan bo‘lgan «Qora beva» filmidagi rus josusi roli bo‘lgan. Bu rol ijrosi orqali aktrisaning daromadi 4 baravarga oshgan.

Nashrning yozishicha, uning bu yilgi daromadlarining katta qismini Marvel olamidagi yana «Qora beva» va «Qasoskorlar: Final» filmlaridan olgan gonorarlar tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinni «Amerikalik oila» seriali yulduzi Sofiya Vergara egallagan bo‘lib, 44,1 million dollar daromad olgan. Riz Uizerspun o‘tgan yilgi reytingga nisbatan ikki pog‘ona ko‘tarilib, uchinchi o‘rinni egallagan. Forbes uning daromadini 35 million dollarga baholagan.

Reytingning kuchli beshtaligidan 2018 yilning iyunidan 2019 yilning iyunigacha olgan daromadi hisobga olingan Nikol Kidman va Jennifer Eniston o‘rin olgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Forbes eng ko‘p haq to‘lanuvchi aktrisalar reytingini e’lon qildi