07:53 / 25.08.2019
2 076

Brexit oqibatlari

Brexit oqibatlari
Foto: Google Photos
Britaniya Yevropa Ittifoqidan ajraladigan taqdirda mamlakatning Irlandiya bilan chegarasi ichki chegaradan tashqi chegaraga aylanib qoladi. Bu qanday iqtisodiy oqibatlarga olib kelishini The Telegraph nashri tahlil qiladi.

Ayni paytda Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish masalasi haqida so‘z borar ekan, Britaniyaning Irlandiya va Shimoliy Irlandiya bilan chegara masalasi borasidagi boshi berk muammolar to‘siqqa aylangan.

Brexit tarafdorlari nazarida, Yevropa Ittifoqining o‘z chegarasi daxlsizligi to‘g‘risidagi bahonalari Buyuk Britaniyani bojxona ittifoqi doirasida ushlab qolish va rasmiy Londonni «yumshoq Brexit» kelishuvini imzolashga majbur qilishdan boshqa narsa emas. Ammo Buyuk Britaniyaning bu e’tirozlariga Yevropa Ittifoqiga kechroq qo‘shilgan Polsha kabi davlatlar e’tibor ham bermayapti. Polshaning Ukraina bilan chegarasida Medika shaharchasi mavjud.

Bu shaharchada minglab yuk ulovlari Yevropa Ittifoqiga o‘tish uchun turnaqotor navbatda turadi va haydovchilarda bir uyum bojxona nazoratidan o‘tish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar bor. Nazorat o‘ta qattiq. Ruxsatsiz oddiy sendvichni ham olib o‘tib bo‘lmaydi. Ukrainadan Polshaga arzon oziq-ovqat istab kelayotgan ukrainlarning navbati uzilmaydi.

Rasmiy Bryussel oddiy odamlarning istaklarini inobatga olmagan holda chegarada tartib o‘rnatgan. Bu esa tabiiy o‘zgarishlarga olib kelgan. «Polyak chegarachi xodimlarning kasbiy mahorati o‘sgan, kontrabanda oldi-berdisi ancha qiyinlashgan, vijdonli halol savdogarlar uchun qo‘shimcha rag‘bat paydo bo‘lgan. Bu tartibga hamma ko‘nikdi, qonuniy biznes rivojlandi», – deydi Pshemisl savdo palatasi rahbari Masey Debitski.

Lekin bu misol Yevropa Ittifoqining ko‘p a’zolariga Buyuk Britaniyaning Irlandiya bilan chegarasi masalasiga tushunish bilan yondashishiga xalaqit beryapti. Britaniya hukumati Brexit’dan so‘ng butun chegara bo‘ylab 80 foiz imtiyozga da’vo qilganda Yevropa Ittifoqi rasmiylari maza qilib kulgani ham bor gap. Buyuk Britaniya Brexit’ni yoqlasa, Britaniya Irlandiya munosabatlarida Medikadagi kabi vaziyat yuzaga keladi. Natijada bir uyum hujjat tayyorlanishi, chegaradagi turnaqator navbatlarga va asabni yeydigan uzoq kutishlarga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Brexit oqibatlari