11:00 / 25.08.2019
1 227

Amerikalik xayoliy gitarani chalish bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

Amerikalik xayoliy gitarani chalish bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi
Foto: «TASS»
Oulu shahrida xayolan gitara chalish bo‘yicha chempionat yakuniga yetdi. Final musobaqalari shahardagi markaziy maydonlardan birida o‘tkazildi, deb xabar berdi «Daryo».

Chempionatda g‘oliblik bu safar amerikalik Rob Markiz Messelga nasib etdi. U hakamlarning eng yuqori bahosini qo‘lga kiritdi.
Chempionat bahslarini kuzatish uchun maydonga uch ming kishi yig‘ildi.

Final ishtirokchilarida hech qanday gitara bo‘lmasa ham ular o‘zlarini xuddi gitara chalayotgandek tutishlari kerak edi. Ularga har biri 60 soniya davom etadigaan ikkita kompozitsiya qo‘yib berildi. Ishtirokchilari kompozitsiya ohangiga moslashib, «gitara chalishlari» talab etildi.

Chempionat g‘olibiga finlyandiyalik ustalar tomonidan yasalgan haqiqiy gitara sovg‘a qilindi.

1996 yildan beri o‘tkaziladigan musobaqaning asosiy maqsadi musiqa bilan bog‘liq emas. Tashkilotchilarning fikriga ko‘ra, u «butun dunyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash»ga yo‘naltirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik xayoliy gitarani chalish bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi