19:50 / 25.08.2019
3 642

Taniqli aktrisa Zoyira Vasim Bollivudni Islom va Alloh uchun tark etdi

Taniqli aktrisa Zoyira Vasim Bollivudni Islom va Alloh uchun tark etdi
Yaqinda, o‘n sakkiz yoshli hind kino yulduzi Zoyira Vasim Bollivuddagi faoliyatini to‘xtatishini e’lon qildi. Zoyira bu qarorni tanlagan kasbining Allohga bo‘lgan munosabatlariga putur yetkazayotgani bilan izohladi.

Zoyira Vasim asli kashmirlik bo‘lib, musulmon oilasida tug‘ilgan. U yosh bo‘lishiga qaramasdan kino sohasida ko‘plab, jumladan, «Filmfare award» sovrinini, shuningdek, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida “2017 yildagi yuksak yutuqlari uchun” milliy mukofotini ham qo‘lga kiritgan.

Aktrisa 2016 yildagi “Dangal” biografik filmida sportchi qiz Gita Fogat rolidagi debyuti bilan keng ommaga tanilgan edi. Shunisi e’tiborliki, mazkur kartina 290 million dollar to‘plab, Bollivud tarixidagi eng kassabob film sifatida e’tirof etildi.

"Qalbimga qarshi kurash bilan uzoq davom etgan bu sayohat juda azobli o‘tdi”, – deb yozdi u o‘zining Feysbukdagi sahifasida.
Keyinchalik ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan quyidagi matnni e’lon qildi:

“Besh yil oldin men hayotimni butunlay o‘zgartirib yuborgan qarorni qabul qilgan edim. Bollivud menga mashhurlik eshiklarini ochdi. Men jamoatchilik diqqat markazida bo‘lishni boshladim, ular meni diqqat bilan tinglashdi va muvaffaqiyatlarimni yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatishdi. Shunga qaramay, bu men kutgan va istagan narsa emas edi, ayniqsa, menda omad va omadsizlik tushunchasi hamda mohiyati endigina qat’iy ko‘rinish hosil qilayotgan vaqtda mazkur qarorning muhimligini anglamoqdaman”.

Mana uning ijtimoiy tarmoqlardagi ba’zi izohlari:

“Bugun faoliyatimning besh yillik yakunlariga ko‘ra, o‘z kasbimdan mamnun emasligimni tan olishni istayman. Ancha vaqtdan beri bor kuchim bilan fitratimga qarshi boshqa bir insonga aylanishga urinayotganimni sezdim. Men o‘z vaqtimni, g‘ayratimni va hissiyotlarimni o‘rganishga kirishganimga va yangi hayot tarzini olib borayotganimga uncha ko‘p bo‘lmadi, men ushbu muhitga yaxshi moslasha olaman, lekin aniq ayta olamanki, fitratan bu joyga tegishli emasman. Faoliyatim haqiqatan ham, menga muhabbat, qo‘llab-quvvatlash va olqishlarni olib keldi, lekin shu bilan birga bu faoliyat meni jimlik va ongsizlik bilan imondan johillikka ham yetakladi.

Agar e’tiqodim masalalariga doimiy aralashiladigan muhitda faoliyat yuritsam, dinim bilan bog‘liq munosabatlarim xavf ostida qoladi. Qilgan ishlarim yaxshi ekaniga va menga hech qanday ta’siri yo‘qligiga o‘zimni ishontirsam ham, baribir hayotimdan baraka ketadi. Baraka nafaqat baxt-saodat, balki barqarorlik hamdir".

“Har doim o‘zimning “men”imni yuksaltirishga urinar edim, endi esa Allohning rahmati va yordamini anglashni umid qila boshladim. Dinim asoslarini bilmasligim va bu masalada o‘zimning ustimda ishlamasligimga sabab yuzaki va dunyoviy yutuqlarim ekanini angladim. Men shubhalar va xatolar bilan kasal bo‘ldim, ular yuragimni jarohatladi. Axir, yurakka hujum qiladigan kasalliklarning ikki turi mavjud, biri shubha va xato, ikkinchisi esa shahvat va istakdir. Ikkalasi ham Qur’oni Karimda eslatib o‘tilgan.

Alloh aytadi: “Ularning qalbida kasallik bor (shubha va ikkiyuzlamachilik) va Alloh ularning kasalligini ziyoda qildi” (Qur’on, 2:10). Va shuni angladimki, kasallikning davolanishi faqatgina Allohning hidoyati bilan bo‘ladi. Qur’on va Rasululloh sallolohu alayhi vasallamning rahbarligi mening qaror qabul qilishimda muhim omil bo‘ldi va bu mening hayotga bo‘lgan munosabatimni, uning ma’nosini o‘zgartirdi”.
Hamid SODIQ tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Taniqli aktrisa Zoyira Vasim Bollivudni Islom va Alloh uchun tark etdi