22:09 / 25.08.2019
3 517

Ramzon Qodirovga Shavkat Mirziyoyevning sovg‘asi topshirildi (video)

Ramzon Qodirovga Shavkat Mirziyoyevning sovg‘asi topshirildi (video)
Foto: vk.com/ramzan
Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzon Qodirov Grozniy shahrida O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Rustam Qosimov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Delegatsiya Chechenistonga Yevropadagi eng katta masjidning ochilish marosimida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.

Ramzon Qodirov ikki respublika xalqlarini mustahkam do‘stlik rishtalari bog‘lab turishini hamda Checheniston o‘zaro munosabatlar yanada mustahkamlanishi va kengayishidan manfaatdor ekanligini qayd etdi.

«Biz O‘zbekistonga chuqur ehtirom bilan yondashamiz. Bu respublika Islom dini bilan bog‘liq boy tarixga ega. U musulmon ummasiga ko‘plab atoqli olim va din arboblarini tuhfa etgan, dinimiz tarqalishida muhim rol o‘ynagan. Bizning birinchi prezidentimiz, Rossiya qahramoni Ahmad-Hoji Qodirov islomiy fanlarni O‘zbekistonda o‘rgangan. Rustam Qosimov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik so‘zlarini yetkazdi. U Chechenistonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlardan hayratda ekanligini bildirdi. Uchrashuv davomida Rustam Qosimov menga juda nodir sovg‘a – Toshkentdagi Mo‘yi Muborak madrasasida saqlanayotgan qadimiy Qur’on qo‘lyozmasining nusxasini taqdim etdi. Aziz mehmonimizga minnatdorlik bildirdim. Qardosh O‘zbekiston Respublikasining yanada rivojlanishi va gullab-yashnashini tiladim», - dedi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, 23 avgustda Chechenistonning Shali shahrida Yevropadagi eng katta – Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) nomidagi “Musulmonlar faxri” masjidi ochildi. Masjid o‘zbek me’morlari tomonidan Samarqand va Buxorodagi muqaddas qadamjolar ruhida loyihalashtirilgan. Me’mor Abduqahhor Turdiyevning so‘zlariga ko‘ra, loyihaga Ramzon Qodirovning takliflariga ko‘ra o‘zgartirishlar kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzon Qodirovga Shavkat Mirziyoyevning sovg‘asi topshirildi (video)