Foto: ANDREW HARRER/EPA
AQSh prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha mansabdor shaxslar bilan yadro bombalarini dovullar bilan kurashishda qo‘llash imkonini o‘rganishni muhokama qilgan. Biroq buni eshitgan xodimlar hang-mang bo‘lib qolishgan. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Axios nashri xabar berdi.
Oq uy hozircha ushbu xabarga izoh bermagan.
“Dovullar Afrika sohillari yaqinida shakllanadi, ular Atlantika bo‘ylab harakatlanayotganda biz uning markaziga bomba tashlaymiz va u dovulni bartaraf etadi. Nima uchun buni qila olmaymiz?”, deb aytgan Tramp.
AQSh prezidenti shuningdek o‘z ma’muriyatining yuqori lavozimli mansabdor shaxsi bilan ham ushbu g‘oyani muhokama qilgan. Manbaning ta’kidlashicha, Tramp 2017 yilda ham dovullarni bombardimon qilish haqida gapirib o‘tgan, biroq unda “yadro” so‘zini ishlatmagan.
Mansabdorlardan biri Trampning nuqtai nazarini qo‘llab-quvvatlagan va bu xavotir uchun sabab emasligini, chunki prezident bu g‘oyani “falokatli dovulning materikkacha yetib kelishiga yo‘q qo‘ymaslik”ni ko‘zlab aytganini ta’kidlagan.
Nashrning xabar berishicha, ushbu g‘oya rasman qayd qilinmagan. Ta’kidlanishicha, 1950-yillardayoq prezident Duayt Eyzenxauer ma’muriyati shunday g‘oya haqida fikr yuritgan. O‘shanda bu g‘oyani hukumatga ishlovchi olim ishlab chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»