22:40 / 27.08.2019
3 113

Arktikada beshta yangi orol kashf etildi

Arktikada beshta yangi orol kashf etildi
Foto: «Meridian12.ru». Kara dengizi qirg‘oqlari.
Shimoliy flot gidrograflari Kara dengizida beshta yangi orol ochilganini tasdiqlashdi. Bu haqda «Kp.ru» xabar berdi.
«Orollar Vize qo‘ltig‘ida — Kara dengizidagi, Shimoliy Yangi yer oroliga yaqin Vыlki (Nansen) muzligida joylashgan», — deyiladi TASS xabarida.

Ilk marta ushbu orollar 2016 yili fazoda olingan suratlarda ko‘zga tashlangandi. Biroq ular butunlay muz bilan qoplangani uchun olimlar ekspeditsiyaga borisha olmagandi. Endi, muzliklar tamomila erib bitgan sharoitda, gidrograflar bu orollarga qadam qo‘yishdi va topografik suratlar olishdi.

Orollardan eng kattasining maydoni 54 ming kvadrat kilometrga teng, eng kichiginiki esa atigi 900 kvadrat metr.
Ma’lumot uchun: So‘nggi uch yilda olimlar Frans-Iosif yeri va Yangi yer arxipelaglarida 30 dan ortiq orollar, burunlar va ko‘rfazlar topishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arktikada beshta yangi orol kashf etildi