12:24 / 28.08.2019
2 548

Putin Erdoʻgʻonni muzqaymoq bilan mehmon qildi (video)

Putin Erdoʻgʻonni muzqaymoq bilan mehmon qildi (video)
Foto: LETA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin MAKS-2019 aviasalonida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon va bir nechta amaldorlarni muzqaymoq bilan mehmon qildi, deb xabar beradi Daryo nashri.

Muzqaymoqlar uchun pulni Putinning oʻzi toʻlagan.

2017-yili oʻtkazilgan aviasalonda ham Vladimir Putin plombirdan tatib koʻrgan edi. Oʻshanda ham pulni prezidentning oʻzi aynan kecha koʻzga tashlangan sotuvchiga toʻlagan.

Avvalroq OAV va blogerlar Vladimir Putinning atrofidagi odamlar “bir xil” ekanligini payqab qolishgan. 2016-yilning sentyabrida prezidentni Novgorod viloyatidagi koʻlda baliqchilar bilan birga suratga tushirishgan edi. 2017-yilning yanvarida esa “baliqchilarni” Novgorod cherkovidagi Rojdestvo xizmatida ham payqab qolishgan. Rossiyaning “Birinchi kanal”i Putin cherkovda bir necha oy oldin tanishib qolgan baliqchilari bilan uchrashganini maʼlum qilgandi oʻshanda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Erdoʻgʻonni muzqaymoq bilan mehmon qildi (video)