Putinga ikki marotaba muzqaymoq sotgan ayol aslida kim?

  • 29 avgust 2019, 11:27
  • 4 808
  • Dunyo
  • Putinga ikki marotaba muzqaymoq sotgan ayol aslida kim?
    Foto: «MK.ru»
    Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin MAKS-2019 aviasalonida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga muzqaymoq olib bergani haqida xabar berilgandi. Sotuvchi qiz esa bundan oldin ham Putinga muzqaymoq sotgani ma’lum bo‘lgan. «MK.ru» bu qiz aslida kim ekanligi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazdi.

    Jurnalistlar Jukovskiyda mini-surishtiruv — sirli muzqaymoq sotuvchini qidirishga kirishgan.
    «U kamida Federal qo‘riqlash xizmatining polkovnigi bo‘lsa kerak», — deb hazillashgan fuqarolar. Ayol rostdan ham polkovnikmi yoki yo‘q buni aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Biroq muzqaymoq tarixi rostdan ham juda qiziq bo‘lib chiqqan.

    Erdo‘g‘on va Putin muzqaymoq sotib olgan joyda ertasi kuni hech qanday muzqaymoq vitrinasi bo‘lmagan. Xitoy paviloni va «Roskosmos» stendi oralig‘ida standart vitrinasiz muzlatkich bo‘lgan, xolos. Aviasalonni aylanib chiqqan muxbirlar bu kabi sotuvchiga hech qayerda duch kelmagan.

    Foto: «MK.ru»
    Ya’ni muzlatkichlar va standart havorang kiyimdagi sotuvchilar bor, biroq tadbir videosida tasvirlangan ko‘k kiyimli ayol va uning aravachasi yo‘q. Sotuvchilardan hech biri Putinga muzqaymoq sotgan odam kimligini bilmagan.

    Putin va Erdo‘g‘on yegan muzqaymoqning markasi mutlaqo boshqacha bo‘lishi mumkin. Davlat rahbarining tashrifi uchun ko‘rgazmaning bir qismi o‘rab olingan edi, politsiya begonalarni tashqariga chiqarib yuborgan. Prezidentlarga esa 50—70 nafar Federal qo‘riqlash xizmati xodimlari hamrohlik qilgan. Shunday vaziyatda qayerdandir muzqaymoq aravachasi paydo bo‘lib qolgan…

    Foto: «MK.ru»
    «Putin mamlakat prezidenti bo‘lgani sabab duch kelgan narsani yeb ketavermasligi aniq — bu xavfsizlik qoidalariga zid, u iste’mol qiladigan barcha mahsulotlar nazoratdan o‘tadi. Shunday bo‘lsada ‘Putinning muzqaymoqchisi’ aslida nima ish bilan shug‘ullanishi qiziq», — deyiladi xabarda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Putinga ikki marotaba muzqaymoq sotgan ayol aslida kim?