15:40 / 29.08.2019
3 133

Londonning mashhur avtobusi nega aynan qizil rangda va ikki qavatli?

Londonning mashhur avtobusi nega aynan qizil rangda va ikki qavatli?
London nomini eshitishingiz bilanoq miyangizda nima birinchi bo‘lib gavdalanadi? Kimdir darrov Big-Ben, Tauer ko‘prigi yoki taniqli telefon qutilarini xayoliga keltirishi mumkin. Aksariyat kishining xotirasida esa birinchi navbatda poytaxt ko‘chalarini to‘ldirib harakatlanuvchi ikki qavatli qizil avtobuslar (dabldeker) surati paydo bo‘ladi. Biroq, ushbu transport vositasining shunchalik ajabtovur ko‘rinishga egaligi ko‘pchilikka noma’lum. Ikki qavatli holatda va aynan shu rangda yaratish g‘oyasi qayerdan uyg‘ongan?

Birinchi avtobuslar

Hech kimga sir emaski, yirik shaharlarning har qaysisi bir muammoga qayta-qayta duch keladi — aholi soni ortishi va mos ravishda transportga bo‘lgan yuqori talab. London ham mustasno emas, undagi ilk omnibuslar o‘n to‘qqizinchi asrning 20-yillarida paydo bo‘ldi. Ular otlar tortishi bilan harakatga keladigan izvoshlarning bir turi bo‘lib, o‘z navbatida avtobuslarning «ajdodlari» edi. Ushbu transport bir vaqtda 15-20 yo‘lovchini tashishga xizmat qilgan. Vaqt o‘tishi bilan omnibuslar nisbatan yengilroq harakatlanish uchun relslar bo‘ylab qatnay boshlagan.

Biroz vaqt o‘tib omnibuslar shunday tus oldi

Ammo Buyuk Britaniya poytaxti aholisi shiddatli ravishda o‘sib bordi. Yanada ko‘proq odamni o‘zida sig‘dira oladigan boshqa transport ixtiro qilish zaruratga aylandi. Aynan o‘sha vaqtda qo‘shimcha qavat yaratish taklifi paydo bo‘lgan. Shunday qilib, 1847 yildan boshlab qo‘sh qavatli konstruksiya doimiyga aylandi. Vaholanki eslab o‘tish lozimki, shinamlik borasida so‘z yuritib bo‘lmasdi, bunday omnibusda manzilga yetib olish yoqimli mashg‘ulotlardan sanalmagan. Faqatgina 5 yil o‘tib aravaning kichik qulayliklarga ega modeli yaratildi. Vaqtlar o‘tib Londonda transportlar turi ortdi, omnibusning dvigatelli turi harakatlana boshladi, ammo ikki qavat an’anasi saqlanib qoldi.

Dong‘i ketgan dabldeker Routemaster nomiga ega, ya’ni so‘zma-so‘z tarjima qilganda «yo‘l xo‘jayini». Bu, umuman olganda, ayni haqiqat. Axir qizil rang tasodifan tanlanmagan — u Londonning yana bir o‘ziga xosligi bo‘lgan tumanli ob-havoda ham avtobusni nazardan chetda qolmasligiga yordam beradi.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Londonning mashhur avtobusi nega aynan qizil rangda va ikki qavatli?