21:10 / 30.08.2019
3 515

Sodir etmagan jinoyati uchun qamoqda 35 yil o‘tirgan ayol uch million dollar oldi

Sodir etmagan jinoyati uchun qamoqda 35 yil o‘tirgan ayol uch million dollar oldi
Amerikaning Nevada shtatida yashovchi ayol sud qarori bilan sodir etmagan jinoyati uchun 35 yil qamoqda o‘tirib chiqqanligi tufayli uch million dollar miqdorida badal to‘lovini oldi, deb xabar qilmoqda Sof.uz nashri.

1980 yilda 29 yashar Keti Vuds 19 yoshli talaba qiz Mishel Mitchelning qotilligida gumon qilinib, 35 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jinoyatning o‘zi 1976 yilda sodir etilgan. Tez orada Nevada shtati Oliy sudi hukmni bekor qilgan, ammo 1984 yili ayol takroran sudga tortilgan. Sud ishini ko‘rib chiqqan oliy instansiyalar sud qarorini kuchda qoldirganlar.

Ashyoviy dalillar - 1976 yil, ya’ni tergov harakatlari o‘tkazilgan davrda hali mavjud bo‘lmagan - DNK analizini amalga oshiruvchi zamonaviy texnologiya yordamida o‘rganib chiqilgach, Vudsning aybsiz ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Haqiqiy qotil - seriyali manyak - Rodni Xolbauer bo‘lib chiqqan. Xolbauer yana besh nafar ayolni zo‘rlab, o‘ldirgani aniqlangan.

2018 yilda u umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan.

Advokat so‘zlariga ko‘ra, Vuds endilikda Reno shahridan hamda 1979 yil Luiziana shtatida ruhiy xastaliklar shifoxonasida davolanayotgan vaqtida uni iqrorlik ko‘rsatmasini berishga majburlagan sobiq huquq-tartibor organlaridan qo‘shimcha badal pulini undirib olish istagida.

Ilgariroq, Michigan shtati hukumati qamoqda hech bir aybsiz 46 yil o‘tirib chiqqan Richard Fillipsga bir yarim million dollar to‘lab berishlari haqida xabar tarqalgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sodir etmagan jinoyati uchun qamoqda 35 yil o‘tirgan ayol uch million dollar oldi