17:33 / 01.09.2019
2 721

Hongkongda namoyishchilarga qarshi o‘chirilmaydigan bo‘yoq qo‘llandi

Hongkongda namoyishchilarga qarshi o‘chirilmaydigan bo‘yoq qo‘llandi
Foto: REUTERS
Hongkongda 13 haftadan beri ekstraditsiya haqidagi qonun loyihasiga qarshi ommaviy noroziliklar davom etmoqda. Politsiya navbatdagi namoyishlar vaqtida namoyishchilarga qarshi suv purkagichlardan ko‘k rangdagi o‘chirilmaydigan bo‘yoq qo‘llagan. Bu bo‘yoqlar bo‘yicha namoyishchilarni aksiya yakunlangandan keyin ham aniqlash mumkin bo‘ladi.

31 avgustda o‘tgan aksiya Pekinning Hongkongda umumiy erkin saylovlar o‘tkazilishini rad etganining 5 yilligiga to‘g‘ri kelgan. Shahar ma’muriyati navbatdagi yurishni taqiqlaganiga qaramay, minglab odamlar yana ko‘chalarga chiqqan.

Noroziliklar yana politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib kelgan. Eng radikal kayfiyatdagi namoyishchilar qonunchilik kengashi binosiga fayer va yonuvchi aralashmali shisha idishlar uloqtirib bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Namoyishchilar, shuningdek, politsiyaga g‘ishtlar va “Molotov kokteyllari” otgan.

Ko‘plab odamlar yuzida niqob va qo‘lida soyabonlar bo‘lgan. Ular “Hongkongni himoyalaymiz”, “Erkinlik uchun kurash!” degan shiorlarni hayqirib borishgan. Hongkongning ba’zi tumanlarida qaqshatqich to‘qnashuvlar yuz bergan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hongkongda namoyishchilarga qarshi o‘chirilmaydigan bo‘yoq qo‘llandi