16:38 / 03.09.2019
4 234

Turkmanistonda o‘qituvchilarni paxta terimiga yuborish boshlandi. Lekin dalada paxta yo‘q

Turkmanistonda o‘qituvchilarni paxta terimiga yuborish boshlandi. Lekin dalada paxta yo‘q
Foto: Reg Info
Turkmanistonda o‘qituvchilar paxta terimiga jalb qilinayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Turkmen News xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Turkmanobod shahri o‘qituvchilari 1 sentyabr kuni ertalabdan paxta terimiga yuborilishi aytilgan. Bunday ko‘rsatmani o‘qituvchilar 31 avgust kuni kechasi o‘zlarining ilmiy mudiridan olgan. Shu kuni viloyat ma’muriyatida paxta terimi boshlangani munosabati bilan davlat va xo‘jalik hisobidagi idora rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazilgan. Aslida esa paxta terimi rasman 11 sentyabrdan boshlanadi.

Qayd etilishicha, Bilimlar kuni ikki marta o‘tkazilgan. 1 sentyabr, yakshanba kuni 1-sinf o‘quvchilari uchun yig‘ilish bo‘lgan, 2-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan qolgan o‘quvchilar oq sport kiyimida kelib, maktab hovlisida kunduzgi soat 11 gacha shashka va shaxmat o‘ynagan, arqonda tortilgan. Bu paytda yuqori sinf o‘qituvchilari texnik xodim bilan paxta terimiga borgan.

Ertasi kuni, 2 sentyabrda esa barcha o‘quvchilar uchun yig‘ilish o‘tkazilgan.

«Maktabimizda 11 nafar texnik xodim ishlaydi. Bu safar ikki nafar farrosh va bir nafar usta maktabni ertangi kunga tayyorlash uchun qoladi, qolganlar esa biz bilan paxtaga ketadi, — degan Turkmanobod maktablaridagi o‘qituvchilardan biri. — Oldingi yillarda faqat texnik xodimning o‘zigina qolardi. Unga butun maktabni yangi o‘quv yilining boshlanishiga tayyorlash vazifasi yuklatilgan».

Xabarda aytilishicha, terimchilar paxta mavsumini 30 avgustda boshlagan, ammo paxta deyarli yo‘q, hosil hali yetilmagan.

Davlat xizmatchilarini paxtaga yuborish majburiy mehnatning bir turi bo‘lib, mamlakat qonunchiligiga ham, Turkmaniston imzolagan Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyasiga ham zid.

Xalqaro hamjamiyat Turkmanistonni majburiy mehnatdan foydalanayotganini tanqid qilgan, bir qator xorijiy brend va kompaniyalar esa aynan shu sababli Turkmaniston paxtasi va undan tayyorlangan mahsulotlarni sotib olishdan oshkora bosh tortgan.

Turkmaniston esa mamlakatda majburiy mehnat borligini tan olmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda o‘qituvchilarni paxta terimiga yuborish boshlandi. Lekin dalada paxta yo‘q