21:13 / 03.09.2019
2 662

Xitoy yetakchisi mamlakatda sotsializmni saqlab qolishga chaqirdi

Xitoy yetakchisi mamlakatda sotsializmni saqlab qolishga chaqirdi
Foto : www.kremlin.ru
Xitoy raisi Si Szinpin sotsialistik tuzumni ko‘plab, jumladan tashqi va ichki chaqiriqlarga qarshi kurashning bosh sharti deb atadi.
U Kommunistik partiya rahbariyatini iqtisodiy va harbiy xavflar hamda Hongkong, Tayvan va Makao yuzida hududiy muammolar oldida saqlab qolishni yoqlagan.

“Buyuk kurash oson bo‘lmaydi, iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, ijtimoiy soha, ekologik madaniyatni qurish sohasida, mudofaa va harbiy qurilishda, Hongkong, Makao va Tayvan bilan ishda, diplomatik ishda, partiyani qurishda – hamma yerda chaqiriqlar bor va ular tobora murakkablashib bormoqda”, deb aytgan Si Szinpin.

Uning ta’kidlashicha, umumiy g‘alaba uchun xalq barcha kuchini va ijobiy omillarni birlashtirishi hamda e’tiborni hamkorlikka mujassamlashtirishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy yetakchisi mamlakatda sotsializmni saqlab qolishga chaqirdi