Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yilda prezident lavozimiga qayta saylangandan keyin Xitoy bilan savdo bitimi shartlarini yanada qat’iylashtirishga va’da berdi.
O‘z g‘alabasiga ishonayotgan Tramp Xitoyga o‘z biznesi uchun falokatli oqibatlardan qochish uchun qarorni qabul qilishda shoshishni va muzokaralarda ko‘nuvchanroq bo‘lishni tavsiya qilgan.
“Men g‘alaba qozonsam, Xitoy bilan nima bo‘lishini bir o‘ylab ko‘ring. Bitim yanada qat’iyroq bo‘ladi! Shu bilan birga ta’minotchilar tarmog‘i va biznes, ish o‘rinlari qulaydi va pullar g‘oyib bo‘ladi!”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Uning ta’kidlashicha, agar saylovlarda demokratlar partiyasi nomzodi g‘olib bo‘lsa, Xitoy AQShni Barak Obama vaqtidagidek “talon-taroj qilishni” davom ettiradi. Trampning aytishicha, avvalgi ma’muriyat faoliyati davomida mamlakat boshqa davlatlarga berilgan savdo imtiyozlari sababli yiliga 600 mlrd dollar yo‘qotgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi