16:20 / 04.09.2019
3 117

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ilon Mask unga Tesla sovg‘a qilganini aytdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ilon Mask unga Tesla sovg‘a qilganini aytdi
Foto: «7news.kg»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zining Tesla elektromobilining paydo bo‘lish tarixini so‘zlab berdi. Uning maktab o‘quvchilari bilan suhbatidan parcha STV telekanalida namoyish etildi, deb xabar bermoqda «Daryo».

Menda Tesla elektromobili bor. Men uni ba’zan sinab ko‘raman. Mask sovg‘a qilgan.
Lekin aynan qaysi model unga tegishli ekanini aytmagan.

Lukashenko 2017 yilda Belarus yo‘llarida Tesla’ni sinovdan o‘tkazgan. Prezident avtomobil xususiyatlarini yuqori baholab, «u kosmik kema kabi start olishi, hatto undan ham tezroq»ligini ta’kidlagan. Test-drayvdan so‘ng u Belarus muhandislariga shunday mashina ishlab chiqish haqida ko‘rsatma bergan.

Aleksandr Lukashenko 2016 yilning aprel oyida mamlakat rasmiylariga faqat mahalliy ishlab chiqarilgan transport vositalarini sotib olishni buyurgan. Faqat o‘zi, bosh vazir va boshqa yuqori lavozimli mansabdorlarni bundan mustasno qilgan.

Foto: «BelTA»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ilon Mask unga Tesla sovg‘a qilganini aytdi