21:50 / 04.09.2019
4 332

Krishtianu Ronaldu vasiyatnomasiga o‘zgarish kiritdi

Krishtianu Ronaldu vasiyatnomasiga o‘zgarish kiritdi
Foto: Instagram/@cristiano
«Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu vasiyatnomasiga o‘zgartirish kiritdi, deya xabar qilmoqda Daryo.uz nashri.

Manbada ta’kidlanishicha, Krishtianu Lissabondagi mehmonxonasida advokatlari bilan uchrashgan. Ronaldu qaylig‘i Jorjina Rodrigesni rasmiy merosxo‘rga aylantirgan. Biroq merosni asosiy taqsimlovchi futbolchining onasi Mariya Dolores Aveyra bo‘lib qoladi. Ya’ni Jorjina merosga ega bo‘lsa ham pul o‘z xohishiga ko‘ra ishlata olmaydi.

Ronaldu bundan avval so‘nggi bor mazkur hujjatga 2017 yilda o‘zgarish kiritgandi. Ronaldu vasiyatnomasiga nafaqat o‘z bolalari, balki, jiyanlarini ham kiritgan.
AS ma’lumotlariga ko‘ra, Ronalduning umumiy mablag‘i 300 million yevroga teng. Biroq futbolchi yiliga o‘rtacha 108 million yevro ishlab topadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Krishtianu Ronaldu vasiyatnomasiga o‘zgarish kiritdi